Stomatologik laboratoriyangizni raqamli boshqaring
Buyurtmalar, ishchilar, doktorlar, hisob-kitoblar — hammasi bir joyda. Telegram bot orqali ishchilaringiz va doktorlaringiz bilan avtomatik aloqa. Excel daftarlarini unutib yuboring.
DentaLab bilan va DentaLab'siz
Stomatologik laboratoriya egasi sifatida har kuni qanday muammolarga duch kelyapsiz?
❌ DentaLab'SIZ — eski usul
- Excel jadvallar har kun yangilanadi va adashadi
- Doktor qaysi ishi qachon tayyor — har kuni telefon qiladi
- Ishchining qaysi bosqichni bajarganini eslab qolish qiyin
- Oylik ish haqi hisob-kitobida xatolar va janjallar
- Doktor qancha qarzi borligini eslamaydi, javob berishga vaqt ketadi
- Tayyor bo'lgan ishni ishchidan eshitmaguncha bilolmaysiz
- Maxsus narxlar, chegirmalar — qog'ozdagi yozuvlardan adashish
- Ish tarixi yo'q — eski narxlarni eslab qolish kerak
✅ DentaLab BILAN — yangi usul
- Hamma ma'lumotlar bitta tizimda, real vaqtda yangilanadi
- Doktor o'z kabinetidan ishlarini va qarzini ko'radi — qo'ng'iroq kerakmas
- Har bir bosqich Telegram orqali ishchiga avtomatik yuboriladi
- Har bosqich uchun haq avtomatik balansiga qo'shiladi
- Doktorga FIFO bo'yicha to'lov, qarz va to'langan summa anglashilarli
- Ish tayyor bo'lganda doktorga avtomatik xabar boradi
- Har xizmatga chegirma, maxsus narx, deadline — bir bosishda
- Narx tarixi, ish tarixi — har bir o'zgarish saqlanadi
Asosiy imkoniyatlar
Stomatologik laboratoriya boshqaruvi uchun kerakli barcha vositalar
Buyurtmalar boshqaruvi
Har bir buyurtma — alohida kart. Bemor ismi, doktor, xizmatlar, tishlar formulasi, VITA rangi, maxsus chegirmalar, oldindan to'lov. Filtrlash, qidiruv, ommaviy o'chirish.
Doktor kabineti
Har doktor o'z kabinetiga kiradi: barcha ishlari, holati, qarzi, to'lovlar tarixi. To'g'ridan-to'g'ri admin bilan Telegram orqali bog'lanish tugmasi.
Ishchilar va bosqichlar
Har xizmat alohida bosqichlardan iborat (Modelirovka, Frezerlash, Sinterlash...). Har bosqichni alohida ishchi bajaradi va haq oladi yoki oylik rejimda ishlaydi.
Telegram bot integratsiyasi
Yangi ish — guruhga avtomatik xabar. Ishchi tugmani bossa, ish uning balansiga ulanadi. Tugatganda — keyingi bosqich. Doktorga ish tayyor bo'lganda avtomatik xabar.
Aqlli hisob-kitob
Foiz va so'mdagi chegirma alohida, oldindan to'lov, madel narxi. FIFO algoritmi bilan to'lov — eng eski qarzdan boshlanadi. Hech narsani qo'lda hisoblash kerak emas.
Hisobotlar va statistika
Sana oralig'i bo'yicha hisobot, sotuv statistikasi, eng faol shifokorlar reytingi, xizmat bo'yicha taqsim, Excel eksport. KPI va grafiklar bilan.
Jonli demoni sinab ko'ring
Hech narsa o'rnatish kerak emas. Tizim qanday ishlashini hozir ko'ring.
demo · Parol: demo123
Demo ma'lumotlar har kuni soat 03:00 da yangilanadi
Sodda va halol narxlash
Yashirin to'lovlar yo'q, har narsani oldindan bilasiz
- Cheksiz buyurtmalar va ishchilar
- Doktorlar uchun shaxsiy kabinetlar
- Telegram bot integratsiyasi
- Hisobotlar va statistikalar
- POS chek + kassa
- OYLIK tarifning hamma narsasi
- Prioritet Telegram qo'llab-quvvatlash
- Doktorlar va ishchilar uchun trening
- Ma'lumotlarni excel'dan import qilish
- Maxsus brendlash (logo va ranglar)
- Sizning klinikangiz uchun maxsus moslangan
- Yangi funksiyalar qo'shish
- Mavjud tizim bilan integratsiya
- Excel import/eksport sozlash
- Alohida domen va brendlash
Tayyor mi? Bugundan boshlang.
Demoni sinab ko'ring yoki to'g'ridan-to'g'ri biz bilan bog'laning. 24 soat ichida javob beramiz.